"Tottenxem"ning 8-divizionda o'ynaydigan raqibi 15 ming virtual chipta sotdi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2021
Angliyaning 8-divizionida o'ynaydigan "Marin" jamoasi "Tottenxem"ning Kubokdagi raqibi hisoblanadi.

O'yin muxlislarsiz o'tkaziladi, biroq "Marin" klubi 15 mingta virtual chiptalarni sotib oldi. Chiptani klub rasmiy saytidan 10 funtga sotib olish mumkin. Aslida bundan maqsad - klub xayriya fondiga muxlislar tomonidan yordam berish hisoblanadi.

Shu orqali klub 100 ming funtdan oshiq mablag' ishlab oldi. Endi klub ushbu chiptalar sonini 20 mingtaga oshirmoqchi.

"Marin" - "Tottenxem" uchrashuvi 10 yanvar kuni 22:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal