"Tottenxem"ning 735 million qarzi bor. Jamoa yetakchilarini sotadi

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 13:13
"Tottenxem" ayni damda qiyin moliyaviy holatda bo'lib turibdi.

AS xabariga ko'ra, "shporlar"ning yangi stadion qurilishidan 735 million evro qarzi bor. Shu boisdan klub rahbariyati jamoaning yetakchilarini sotib yuborishga taraddud ko'rmoqda.

Ayni damda sotilishga ilk nomzod - 2020 yilda shartnomasi tugaydigan Kristian Eriksen bo'lib turibdi. Agarda jamoa YCHLda g'olib bo'lsa, 100 million evro foyda ko'rishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS