“Tottenxem”ni kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

20 noya 2019, 09:29
Joze Mourinyo yana ishga qaytadi.

Italiyalik insayder Tankredi Palmerining yozishicha, “shporlar” Maurisio Pochettino o'rniga Joze Mourinyoni bosh murabbiy etib tayinlaydi. Qayd etilishicha, Daniel Levi Mourinyo bilan allaqachon kelishuvga erishgan. Faqat tomonlar shartnomaning kichik detallarini hal qilib olsa bo'lgandi. Tez orada rasmiy tanishtiruv marosimi bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2014 yildan beri London klubini boshqarib kelgan Maurisio Pochettino kecha ishdan bo'shatilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttomercatoweb