“Tottenxem”da Mourinyuning o'rnini egallashga kutilmagan nomzod paydo bo'ldi

Eldor Akmurzayev
13 apr 2021
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu mavsum tugagach jamoadan ketadi.

 “Shporlar” APLda 7-o'rinda bormoqda va YCHL yo'llanmasidan quruq qolish xavfi mavjud.

Rai Sports began xabarga ko'ra, londonliklar rahbariyati Mourinyuning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, jamoani boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassislar qatorida “Chelsi” va “Yuventus” sobiq ustozi Mauricio Sarrining nomi ham bor.

Sarri o'tgan mavsum turinliklar bilan A Seriya g'olibligini qo'lga kiritganidan beri ishsiz hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Rai Sports