"Tottenxem" "Yuventus" himoyachisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023
"Tottenxem" "Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremerga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "The Telegraph".

Manbaga ko'ra, "shporlar"ning yangi bosh murabbiyi Anje Postekoglu himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi va 26 yoshli braziliyalikni munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. 

Turin klubi yozda bir nechta o'yinchini sotishni rejalashtirmoqda, himoyachi jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida bor.

Bremer "Yuventus"da 2022 yilning iyulidan buyon to'p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph