“Tottenxem” yangi stadionida 100 foizlik natija ko'rsatmoqda

Jamoa kecha o'zining yangi stadionida “Brayton”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

“Shporlar” o'zining “Tottenxem Xotspur Stedium” nomli yangi stadionida jami 4 ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. To'plar nisbati 8:0. Avvalroq jamoa yangi stadionda “Xaddersfild” (4:0), “Kristal Pelas” (2:0) va “Manchester Siti” (1:0) klublarini mag'lub etgandi.

Ma'lumot uchun, APL 35-turidan so'ng 70 ochko bilan “Tottenxem” 3-o'rinda bormqoda.


Manba: Gracenote Live