"Tottenxem" "Volfsburg" futbolchisi uchun 50 mln to'laydi

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 21:12
"Volfsburg" futbolchisi Mikki van de Ven "Tottenxem"ga o'tishga yaqin turibdi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, London klubi 22 yoshli himoyachi uchun 50 mln hamda bonus pullari to'lashga tayyor turibdi. So'nggi 48 soat ichida tomonlar o'rtasidagi muzokaralar anchagina tez suratda rivojlangan.

Mikki van de Ven o'tgan mavsumda "Volfsburg" tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal