“Tottenxem” transferlar uchun 85 mln funt sarflaydi

12 okt 2018, 07:54
Maurisio Pochettinoga mablag' ajratildi.

“Tottenxem” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida futbolchi sotib olinmagani tufayli endi qishki va kelasi yozda jamoa tarkibini kuchaytirish uchun alohida ish olib boradi. Klub buning uchun hozirdan 85 mln funt sterling ajratgani ma'lum bo'ldi. Mazkur mablag' asosan ikki futbolchi - MYU himoyachisi Erik Bayi hamda “Lion” futbolchisi Tangi Ndombeleni olib kelishga sarflanadi.

Ma'lumot uchun, “shporlar” APLda 8 turdan so'ng 18 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports