"Tottenxem" Torresga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2020, 20:43
"Vilyarreal" markaziy himoyachisi Pau Torres "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi, deya xabar tarqatyapti "Don Balon".

Takidlanishicha, ispan klubi rahbariyati o'z futbolchisining sotilishidan 40 mln evro ishlab olmoqchi. 23 yoshli Torres bilan imzolangan amaldagi shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

"Tottenxem" transfer borasidagi birinchi taklifini yanvar oyida yuborishi mumkin. Avvalroq Pau Torresga MYU qiziqish bildirayotgani to'g'risidagi xabarlar ham tarqalgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Don Balon