"Tottenxem" Taunsendga yangi shartnoma taklif qiladi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2013, 11:39
"Tottenxem" o'zining yosh yarim himoyachisi Andros Taunsendga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Ayni paytda 22 yoshli futbolchi haftasiga 10 ming funt maosh oladi. Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, "Tottenxem" futbolchining maoshini 40 ming funtgacha oshirmoqchi. Uni boshida Aaron Lennonning o'rinbosari sifati qaralgandi, ammo Lennon jarohat olgani uchun Taunsend muntazam ravishda klubda o'ynadi va yaqinda Angliya terma jamoasidan taklif oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net