"Tottenxem" Shkrinyar uchun 35 mln evro to'lashga tayyor. "Inter" 50 mln+bonuslar talab qilmoqda

Alisher
28 sen 2020, 13:28
"Tottenxem" "Inter" bilan himoyachi Milan Shkrinyarning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Londonliklar 25 yoshli Slovakiya terma jamoasi o'yinchisi uchun 30-35 million evro to'lashga tayyor. Ammo, Milan klubi 60 million evro yoki 50 mln+bonuslar ko'rinishida talab qilmoqda.

Qayd etish kerakki, "Tottenxem" ushbu haftada Shkrinyar uchun rasmiy taklif beradi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Inter"ga 2017 yilning iyulida "Sampdoriya"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com