"Tottenxem" "Portu" yarim himoyachisi uchun 20 million evro to'lashi mumkin

Alisher
10 iyul 2021, 10:16
"Portu" yarim himoyachisi Vitor Ferreyra Vitinya faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

21 yoshli portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh London klubi bilan 20 million evrolik transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.

Vitinya 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "Vulverxempton"da o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'yinchining "Portu" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mercado Azul