"Tottenxem" Pochettino o'rniga murabbiy topdi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2018, 13:24
"Tottenxem" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning boshqa klubga o'tishiga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" argentinalik o'rniga "Bornmut" ustozi Eddi Xauni olib kelishni reja qilishmoqda. Angliyalik mutaxassis 2012 yildan beri "olchalar"ni boshqaradi va klubni o'z tarixida birinchi marta Premer-ligaga olib chiqdi. Sakkizinchi turdan so'ng "Bornmut" APL turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.

Pochettino joriy yozda "Real"ga o'tishi mumkin edi, ammo "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi murabbiy bilan xayrlashishni istamadi. "Qaymoqranglilar" hali ham mutaxassisga qiziqish bildirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph