"Tottenxem" o'yinchisining agenti "Sevilya" bilan muzokaralarni tasdiqladi

Alisher
2 avg 2021, 08:37
"Tottenxem" himoyachisi Davinson Sanchesning agenti kolumbiyalik futbolchining transferi bo'yicha "Sevilya" bilan muzokaralar o'tayotganini tasdiqladi.

Sanchesning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

"Ha, men ispan klubi vakillari bilan gaplashdim, ammo "Sevilya"da ayni damda to'liq tarkib bor. Hozirda aniq bir narsa yo'q", - deydi Nestora Fernando.

25 yoshli Sanches o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Radio Caracol