"Tottenxem" o'yinchisi "Milan"ga o'tishga yaqin

Alisher
4 avg 2024, 22:35
"Milan" Emerson Royal bo'yicha "Tottenxem"ga yaxshilangan taklif tayyorladi.

London klubi bungacha braziliyalik himoyachini 10 mln evro evaziga sotishni rad etgandi.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Milan"ning yangi taklifi 15 million evro va bonuslarni o'z ichiga oladi. "Tottenxem" bilan muzokaralar yakuniy bosqichda va bitim yaqin kunlarda yopilishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, Emerson "Milan" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano