"Tottenxem" o'yinchilari Pochettino uslubidan norozi bo'lishgan

21 noya 2019, 09:15
"Tottenxem"ning asosiy o'yinchilari sobiq murabbiy Maurisio Pochettino uslubidan norzi bo'lishgan, deya xabar bermoqda "ESPN" nashri.

Ulardan biri shaxsiy intervyuda Pochettino "Real", "Manchester Yunayted" yoki "Barselona"ning eng yaxshi futbolchilari singari, mashg'ulotlar uchun qo'yiladigan talablarni bajara olmaydi deb aytgan. "Shporlar" futbolchisining so'zlariga ko'ra, bu uslublar jamoaga endi qo'shilgan yosh o'yinchilar uchun mos keladi. 

Qayd etib o'tamiz, Pochettino londonliklar bilan 5 yillik faoliyatidan keyin iste'foga chiqarilgan va uning o'rniga Joze Mourinyo "Tottenxem" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: espn.com