"Tottenxem" Ndombeleni sotishi mumkin

Alisher
9 avg 2021
Londonning "Tottenxem" klubi fransiyalik yarim himoyachi Tangi Ndombelening sotuvi haqida o'ylamoqda.

O'rta chiziqdagi o'yinchi "shporlar" tarkibida yaxshi o'yin ko'rsata olmadi, shu sabab klub futbolchi borasidagi yaxshi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

London klubi Ndombelening sotuvidan 60-65 million evro ishlab olmoqchi.

Xavbek o'tgan mavsm londonliklar safida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports