"Tottenxem" Nagelsmanni olib kelmoqchi, murabbiy esa shoshilmayapti

Mirjalol Normatov
5 may 2023, 19:59
"Tottenxem" hali ham bosh murabbiylik postiga Yulian Nagelsmanni olib kelishni istamoqda.

"Shporlar" "Bavariya"ning sobiq ustozi bilan faol muloqotda bo'lib turibdi va doimiy muzokaralarni davom ettirmoqda. Mutaxassis qarorni qabul qilishdan oldin transfer ishlariga qanchalik ta’sir o'tkazishini bilmoqchi. Shu sababli u qaror chiqarishga shoshilmayapti.

O'z navbatida Yulian "Tottenxem"ni top-klub deb hisoblaydi va navbatdagi mavsumda jamoani boshqarish ehtimoli yo'q emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland