"Tottenxem" Martines uchun 90 mln evro taklif qiladi

Alisher
17 iyun 2022
"Tottenxem" tez orada "Inter"ga hujumchi Lautaro Martines bo'yicha taklif beradi.

24 yoshli argentinalik uchun "shporlar" 90 million evro atrofida taklif qilishadi.

Martinesning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt hujumchini 70 million evroga baholamoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum "Inter" tarkibida o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 49ta o'yinda madyonga tushib, 25ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sportitalia