APL. "Manchester Siti" "Tottenxem" bilan o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda ochko yo'qotdi

Alisher Ostonov
1 fev 2026
APL 24-tur doirasidagi "Tottenxem" - "Manchester Siti" o'yini bo'lib o'tdi.

Manchesterliklar himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz 21-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Rayan Sherki 11-daqiqada hisobni ochdi, Antuan Semeno 44-daqiqada hisobni oshirdi. Dominik Solanke ikkinchi bo'limda katta sahnaga chiqdi. Hujumchi 53 va 70-daqiqalarda Donnarumma darvozasini ishg'ol qilib, dubl qayd etdi.

“Man Siti” 24-turdan so'ng 47 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda, yetakchi “Arsenal” bilan oradagi farq 6 ochkoga teng. Uchinchi o'rindagi “Aston Villa”da bitta ochko kamroq. “Tottenxem” esa 29 ochko bilan 14-o'ringa joylashgan.


1 fev 2026, 21:30
Tottenham Hotspur — Manchester City
2 – 2
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia