"Tottenxem" Maguayrning yordami bilan Keynni Londonda olib qolishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
7 iyun 2023, 18:43
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

"Telegraph" nashrining ma'lumotiga ko'ra, London klubi Xarri Keynni jamoada olib qolish uchun Maguayrni sotib olish variantini o'rganib chiqmoqda.

Keyn va Maguayr qalin do'st hisoblanadi. Jumladan, hujumchi avvalroq "Tottenxem"ga himoyachini sotib olishni maslahat bergandi. Biroq londonliklar hozircha Maguayr transferi bo'yicha rasmiy taklif bildirishganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk