"Tottenxem" Kuadrado bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
12 apr 2022, 10:58
"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado APLga qaytishi mumkin.

33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. London klubi o'yinchining turinliklar bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralaridagi muammodan foydalanmoqchi va u bilan yozgi transfer oynasida o'tish borasida kelishuvga erishmoqchi.

Qayd etish kerakki, Kuadrado 2015-2017 yillar davomida "Chelsi" tarkibida harakat qilgan.

Kuadrado 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Team Talk