"Tottenxem" Konte qo'l ostida APLning olti o'yinida mag'lub bo'lmadi

Оқил Абдубарноев
26 dek 2021, 22:42
"Tottenxem" APLning 19-turi doirasida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi (3:0).

"Shporlar" Antonio Konte qo'l ostida APLda oltita o'yin o'tkazib, to'rt marta g'alaba qozondi hamda ikkita durang o'ynadi. To'plar nisbati 12:3 ni tashkil etadi.

"Tottenxem" "Lids" (2:1), "Brentford" (2:0), "Norvich" (3:0) klublarini mag'lub etdi, "Everton" (0:0) va "Liverpul" (2:2) bilan esa ochkolarni bo'lishdi.

London klubi hozirda 16 o'yinda 29 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru