"Tottenxem" Keynni qo'yib yubormaydi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2023
Ushbu yozda "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn jamoasida qoladi.

ESPN xabariga ko'ra, "shporlar" "Bavariya"ning 70 mln evrolik taklifiga rad javobini bergan. Ammo aytilishicha, bu og'zaki taklif bo'lib, Myunxen klubi Londonga rasmiy taklif jo'natmagan. 

Ayni damda bu boradagi holatni "Manchester Yunayted" kuzatib bormoqda. Keynning shartnomasi 2024 yil yozida yakunlanadi. O'tgan mavsumda u jamoasi safida 38 o'yinda 30 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN