"Tottenxem" Keynga o'rinbosar topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2023
Gap Fransiyada ko'plab gollarni urgan hujumchi haqida bormoqda.

Agar Harri Keyn yozda "Tottenxem"ni tark etsa, londonliklar "Lill"dan Jonatan Devidni sotib olishga harakat qiladi, deb xabar berdi "Sky Sport Italia". 

Kanadalik hujumchining transferi "shporlar"ga kamida 50 million evroga tushadi.

Jonatan Devid "Lill" safida Liga 1'da 112 ta o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urgan. Shuningdek, Kanada terma jamoasi safida 40 ta o'yinda 24 ta to'p kiritgan.

Avvalroq "Bavariya" Harri Keyn borasida "Tottenxem"ga hal qiluvchi taklif bilan chiqqani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia