"Tottenxem" Keynga o'rinbosar topdi

Alisher
30 may 2020, 18:45
"Tottenxem" "Lill" hujumchisi Viktor Osimxenni nishonga oldi.

Londonliklar unga tez orada "Tottenxem"dan ketishini mumkin bo'lgan forvard Xarri Keynning o'rinbosari sifatida qarashmoqda.

Ammo, Osimxenning agenti ushbu ma'lumotni inkor qildi. Ariyo Igbailola mijozining "Tottenxem"ga o'tmasligini aytdi.

Viktor Osimxen joriy mavsum "Lill" tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal