"Tottenxem" Keynni Yevropa ligasi tufayli olib qolgan ekan

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014, 21:31
Yozda "Tottenxem" hujumchi Xarri Keynni "Kristal Pelas"ga sotib yuborishga yaqin bo'lgan ekan.
Klub Yevropa ligasida ishtirok etishi tufayli 20 yoshli futbolchini o'z safida olib qolgan.

Bu mavsumda Angliya yoshlar terma jamoasi a'zosi "Uayt Xart Leyn"da o'zini yorqin namoyish eta oldi. Xarri 11ta gol bilan Maurisio Pochettino jamoasida to'purar bo'lib turibdi.

"Tottenxem" Keynni Yevropa ligasi o'yinlarida ishtirok etishi uchun "Kristal Pelas"ga sotmagan. Ushbu musobaqada ikkinchi tarkib futbolchilarini o'ynatish maqsad qilingandi.

"Yozda u "Tottenxem"ning zaxira o'yinchisi edi. Afsuski "shporlar" payshanba kuni o'yinlari bo'ladigan bo'lmag'ur musobaqada ishtirok etishlari tufayli uni olib qolishgandi", - deydi "Pelas" ustozi Nil Uornok ESPN nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru