"Tottenxem" himoyachisi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Tolibjon Qosimov
10 avg 2017, 21:26
"London Evening Standard"ning ma'lum qilishicha, "Tottenxem" chap qanot himoyachisi Denni Rouz "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Gap shundaki, 27 yoshli futbolchi "The Sun"ga bergan intervyusida maoshidan va "Tottenxem"ning transfer siyosatidan qoniqmayotganini aytgan. Shuningdek, sovrinlar yutmoqchiligini ham qo'shimcha qilgan. Bularning barchasi mankunianliklarga o'yinchini xarid qilishda yashil chiroqlarni yoqishi mumkin. Rouzga manchesterliklar ustozi Joze Mourinyo qiziqish bildirgan edi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: London Evening Standard