“Tottenxem” Germaniya terma jamoasi a'zosiga ko'z tikdi

16 may 2019, 09:47
“Bayer Leverkuzen” futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Yulian Brandt “Tottenxem” futbolchisiga aylanishi mumkin. “Shporlar” futbolchini o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. Uning transferi esa 21,5 mln funtga baholanmoqda. Avvalroq uning xizmatlariga “Liverpul” ham qiziqayotganligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. London klubi esa futbolchini Kristian Eriksenning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Brand joriy mavsum Bundesligada 6 ta gol urib, 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Football24