"Tottenxem" YCHLda ingliz klublari rekordini takrorladi

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017
"Tottenxem" klubi Chempionlar ligasi so'nggi turida APOELni taslim etdi (3:0) va o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi.

Londonliklar 16 ochko to'plashdi va APL klublarining ushbu musobaqa guruh bosqichida yiqqan ochkolari rekordini takrorladi.
Bundan oldin 2005-2006 yilgi mavsumda huddi shunday natijani "Arsenal" qayd etgan, o'shanda "to'pchilar" YCHLda finalgacha yetib borishgan. 2007-2008 yilgi mavsumda esa "Manchester Yunayted" ham guruhda 16 ochko jamg'argan va yakunda YCHL g'olibiga aylangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive