"Tottenxem" "Atalanta"dan Gollinini ijaraga olishga yaqin

Alisher
19 iyul 2021
"Atalanta" darvozaboni Perluiji Gollini faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, London klubi 26 yoshli italiyalik borasidagi muzokaralarda oldinga siljidi.

"Shporlar" ma'lum bir shartlar evaziga xarid qilish sharti bilan o'yinchini ijaraga olmoqchi.

Gollini o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 32ta to'p olib chiqdi va 13 bor "quruq o'yin" o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira