"Tottenxem" asosiy yarim himoyachisini uzoq vaqtga yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025, 13:42
"Tottenxem" xavbeki Jeyms Meddison jiddiy jarohat oldi.

Londonliklar klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, yarim himoyachining tizzasidagi xochsimon bog'lami uzilgan. Angliyalik yarim himoyachi yaqin orada operaciya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Maddison "Nyukasl" bilan o'rtoqlik uchrashuvida (1:1) jarohat orttirib olgandi.

Angliya OAVning yozishicha, futbolchi kamida 6  oyni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi, bu muddat tiklanish uchun sarflanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com