"Tottenxem" 25 mln evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher
5 avg 2022
"Tottenxem" "Udineze" himoyachisi Destini Udojining xaridiga yaqin.

"Shporlar" 19 yoshli italiyalikning o'tishi uchun 25 million evro to'laydi. Klublar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Udojining kelasi mavsumni "Udineze"da o'tkazish ehtimoli bor, ammo ijara asosida.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph