"Totenxem" 2014 yildan buyon ilk marta Son va Keynsiz g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2019, 14:25
"Tottenxem" APLning 23-turi doirasida "Fulxem"ni mag'lub etdi, 2:1.

O'yinda Xarri Keyn va Son Xen-Min asosiy tarkibda emasdi.

"Shporlar" ushbu futbolchilarisiz so'nggi marta 2014 yilning martida g'alabaga erishgan ekan. Keyn hozirda jarohatlangan, Son esa Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda.

"Tottenxem" ayni damda APL turnir jadvalining 3-pog'onasida ketmoqda. Jamoa ertaga Liga Kubogi doirasida "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal