Tosun qishda "Everton"ni tark etadi

Alisher
24 dek 2020, 18:00
"Everton" hujumchisi Jenk Tosun qishda klubdan ketadi.

Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli turkiyalik futbolchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan "Feyenoord" ijaraga olmoqchi.

Jenk Tosun joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Turkiya terma jamoasi o'yinchisi Mersisayd klubiga 2018 yilda "Beshiktosh"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AD