

Jumladan, ilgari Moldovaning “Saksan” jamoasi safida to'p surgan nigeriyalik hujumchi Olabiran Blessing Muyiva ham “temiryo'lchilar”ning ushbu yig'inida ishtirok etadi.
18 yoshli istedodli futbolchi 11-21 iyul kunlari davom etadigan yig'inda “Loko” murabbiylar shtabida o'zidan ijobiy taassurot qoldirish uchun urinadi. Agar uning harakatlari jamoamiz murabbiylariga maqul kelsa, Olabiran Muyiva “Lokomotiv” a'zosiga aylanadi.



