Toshkentda Osiyo Chempionati-2014 saralash bahslari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 12:40
5-7 noyabr kunlari Toshkentda futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari bo'lib o'tadi.
A saralash guruhidan final bosqichiga chiqish uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir qatorda, Turkmaniston, Qirg'iziston va Tojikiston terma jamoalari ham bahs olib borishadi. Saralash uchrashuvlari Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha so'nggi Osiyo chempionati 2012 yili BAAda tashkil etilgan edi. Musobaqada Yaponiya futzalchilari g'olib chiqishgan. O'zbekiston futzal terma jamoasi esa chorak final bosqichiga qadar yetib borgan.

Quyida futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati Markaziy Osiyo mintaqasi saralash guruhi o'yinlari taqvimi keltirilgan:

A saralash guruhi
5 noyabr, seshanba

16:00. Qirg'iziston – Tojikiston
18:00. O'zbekiston – Turkmaniston

6 noyabr, chorshanba
16:00. Turkmaniston – Qirg'iziston
18:00. Tojikiston – O'zbekiston

7 noyabr, payshanba
16:00. Tojikiston – Turkmaniston
18:00. O'zbekiston – Qirg'iziston

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz