Toshkentda OFK ayollar futboli kuniga bag'ishlangan futbol festivali o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2018, 10:36
Shu yilning 30 mart kuni O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar kuniga bag'ishlangan ananaviy futbol festivali o'tkaziladi.

Festival doirasidagi musobaqalar O'FAning sun'iy qoplamali maydonida soat 10:00da boshlanadi.

Festivalni o'tkazishdan asosiy maqsad bolalar sportini rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlarda futbolga bo'lgan qiziqishni uyg'otish hamda sog'lom turmush tarzini ilgari surishdan iborat.

Festivalda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 8-10 yoshdagi 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etadi.

Mazkur festivalga yurtimizdagi barcha turdagi OAV xodimlarini taklif qilib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com