Toshkent shahrida murabbiylarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan seminar boshlandi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2018, 12:55
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylarning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish yo'nalishida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etadi.

O'FA mutaxassislari tomonidan OFK va O'FAning murabbiylik licenziyalariga ega mutaxassislarning kasbiy malakasini aniqlash bo'yicha seminarlar tashkil qilish navbati poytahtimiz Toshkent shahriga yetib keldi.

Toshkentda tashkil qilingan seminarda murabbiylik bilan shug'ullanuvchi futbol mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Seminarning birinchi kunida barcha murabbiylardan bilim va ko'nikmalari bo'yicha imtihon olinadi. Keyin navbat  amaliy imtihonlarga beriladi.

Imtihonlarda yaxshi natija ko'rsata olmaganlar murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanish sertifikatlari va licenziyalaridan mahrum qilinadi.

Seminarni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining murabbiylar tayyorlash bo'limi boshlig'i Shovkat Imamov olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com