To'rtta qitaning amaldagi chempionlari mundialga bormaydi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2017, 10:44
Rossiyadagi o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

AQSH, Chili, Kamerun va Yangi Zelandiya terma jamoalari Rossiyaga bora olmaydigan bo'ldi. Bu to'rtta jamoani nima birlashtirib turishini bilasizmi? To'rt jamoa ham o'z qitasining amaldagi chempioni hisoblanadi. AQSH Shimoliy Amerikada, Chili Janubiy Amerikada, Kamerun Afrikada va Yangi Zelandiya Okeaniyada amaldagi chempion hisoblanadi.

Mana shu to'rt jamoa keyingi yil Jahon chempionatiga bora olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia