To'rtta mamlakat JCH-2030ni birgalikda o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019
Chili prezidenti Sebastyan Pineraning ma'lum qilishicha, Argentina, Chili, Paragvay va Urugvay 2030 yildagi jahon chempionatini birga o'tkazish uchun ariza topshiradi.

"Bir necha oy oldin Argentina, Urugvay va Paragvay prezidentlariga JCH-2030 uchun arizaga Chilini kiritib, uni birgalikda topshirishni taklif qildim. Taklif qabul qilindi" - deydi Piner "tvitter"dagi sahifasida.

Chili prezidentining so'zlariga ko'ra, KONMEBOL futbol federatsiyalari qaror qabul qilishdan oldin maslahatlashib olishgan. Mamlakatlar 1930 yil Urugvayda o'tkazilgan jahon chempionatining 100 yilligini mundial orqali nishonlashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, AQSHda o'tadigan JCH-2026da ishtirokchilar soni 48ta bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/sebastianpinera