To'rtta chorak final bahsining uchtasidada g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi

30 iyun 2019, 09:22
Peru terma jamoasi Amerika kubogining so'nggi chorak final bahsida Urugvaydan (0:0, pen seriyasi 5:4) ustun keldi.

Musobaqa chorak finalidan o'rin olgan to'rtta uchrashuvning uchtasida bellashuvning asosiy vaqtida darvozalarga gol kiritilmadi. Braziliya-Paragvay (0:0,, penaltilar seriyasi 4:3) va Kolumbiya-Chili (0:0, pen 4:5) bellashuvida ham g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlangan.

Chorak finalda gol kiritilgan yagona uchrashuv bu Venesuela-Argentina (0:2) bahsi bo'ldi.

Musobaqaning yarim final bellashuvlari 3-4 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Braziliya termasi Argentina bilan, Chili Peru bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru