To'rt klub "Borussiya" forvardi Plea uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
23 iyul 2022, 12:47
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Alassan Plea ushbu transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

"Marsel" va "Nicca" 29 yoshli francuz bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. O'yinchi uchun shuningdek ikki ingliz klubi, jumladan "Nottingem Forest" da'vogarlik qilmoqda.

Pleaning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 15 million evroga baholamoqda.

Francuz forvardi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport