Torreyra "Fiorentina"da qolishni xohlashini aytdi

Alisher
31 may 2022
"Fiorentina"da 2021/22 yilgi mavsumni ijarada o'tkazgan "Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra italyan klubida qolmoqchi.

"Fiorentina"da qolishni xohlayman, ammo "Arsenal" bilan kelishuvga erishish kerak. O'zimni Florenciyada ajoyib his qilyapman", - deydi Torreyra.

"Fiorentina" Torreyrani 2021 yilning avgustida "Arsenal"dan ijaraga olgan. Urugvaylik 2021/22 yilgi mavsum italyan jamoasi tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 26 yoshli yarim himoyachini 20 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: fanpage.it