

"Deportivo" yarim himoyachisi Aleks Bergantinos to'p uchun kurashda Torresning boshiga zarba berdi. Fernando ushbu zarbadan so'ng bir necha daqiqa xushini yo'qotdi va tibbiy xodimlar tomonidan kasalxonaga olib ketildi.
Bir kun o'tib Bergantinos Fernando Torres yotgan kasalxonaga borib, forvarddan uzr so'radi. Ahvoli biroz yaxshilangan hujumchi Aleksga o'zini bosishini va bunday vaziyatlar futbolda uchrab turishini aytgan.



