"Torino" o'yinchisida koronavirus aniqlandi

Turin klubi rasmiy saytining xabar berishicha, jamoa a'zolaridan birining koronavirus uchun topshirgan test natijasi ijobiy chiqqan.

Nomi ma'lum qilinmagan futbolchining ahvolida hozircha jiddiy alomatlar yo'qligi va allaqachon karantinga olingani xabar qilindi.

Eslatib o'tamiz, 4 may kuni Italiya klublariga yakka tartibda mashg'ulot o'tkazish uchun ruxsat berilgan, jamoaviy mashg'ulotlarning 18 mayda boshlanishi kutilayotgandi.

Ayni paytda Italiyada COVID-19 bilan zararlanganlar soni 214 457 nafarni tashkil qilmoqda.

"Borussiya M"da koronavirusga chalinganlar aniqlandi


Manba: Football Italia