"Borussiya M"da koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi tizimining ikki vakili koronavirus ishfeciyasi uchun ijobiy test topshirgan, deya xabar qildi Rheinische Post.

Virusga chalinganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmadi, ammo ulardan biri futbolchi, boshqasi klub xodimi ekani ma'lum qilingan. Infekciya bilan og'riganlar karantinga olingan, qolgan futbolchilar esa ijtimoiy masofani saqlagani holda mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

Eslatib o'tamiz, Bundesliga 25-turdan keyin to'xtatib qo'yilgan. Mavsum yakuniga qadar 9 tur qolgan va chempionat bahslarining 15 maydan tiklanishi  haqida xabar qilingandi.

Breaking News: Germaniya hukumati Bundesliganing davom ettirilishiga ruxsat berdi


Manba: Rheinische Post