

"Torino" matbuot xizmati "Atalanta" bilan yarim himoyachi Aleksey Miranchuk transferi borasida muzokaralar boshlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Biz bu masala haqida bir necha oydan so'ng gaplashamiz. Hozircha hech qanday yangi ma'lumot yo'q", - deyiladi klub xabarida.
Miranchuk "Torino"ga 2022 yil avgust oyida ijara asosida o'tdi. 18 uchrashuvda futbolchi 4 ta gol va 3 ta golli uzatma etkazib berdi.



