"Torino" "Milan" himoyachisini transfer qiladi

14 avg 2020, 19:31
"Milan" himoyachisi Rikardo Rodriges faoliyatini Turinda davom ettiradi.

Football-italia.net xabariga ko'ra, "Torino" shveytsariyalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Rodriges "buqalar" bilan 4 yillik shartnoma tuzadi, uning yangi jamoasidagi maoshi yiliga 1,5 mln evroni tashkil qiladi. Himoyachi seshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

"Rossonerilar" himoyachining transferidan 3 mln evro (+bonuslar) ishlab topadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-italia.net