"Torino" Belottini "Yuventus"ga qo'yib yubormaydi

Alisher
9 iyun 2021, 16:28
"Torino" hujumchisi Andrea Belotti Turinning "Yuventus" klubiga o'tmaydi.

"Andreaning "Yuventus"ga transferi istisno. Ular hali taklif berishmadi, ammo muzokaralarga kirishishsa ham, men birdan rad javobini berardim. Uni "keksa sinora"ga qo'yib yubormaymiz! Hazillashmayapman", - deydi rahbar.

Oldinroq xabar berilganidek, 27 yoshli to'purar futbolchiga "Roma" tomonidan ham qiziqish bor.

Belotti o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato